Markaziy Osiyo davlatlari havo ifloslanishiga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda: birinchi oliy darajadagi siyosiy muloqot boshlandi

19-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda toza havo bilan kelajak qurish” shiori ostida birinchi oliy darajadagi siyosiy mintaqaviy muloqot bo‘lib o‘tdi.