Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan yerlarida barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro seminarlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer unumdorligini tiklash va ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etishga qaratilgan “Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini rivojlantirish” xalqaro loyihasini amalga oshirish davom etmoqda.

Loyiha doirasida Xalqaro biosho‘r qishloq xo‘jaligi markazi (ICBA), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi va Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Abu-Dabi Fund fondi ko‘magida o‘quv dasturi boshlandi.

Xo‘jayli tumanida tuman hokimligi ko‘magida o‘tkazilgan o‘quv seminarida fermerlar, dehqon xo‘jaliklari vakillari, tomorqa yer egalari, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirlarda jami 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Seminarni ICBA Bosh direktori doktor Tarifa Alzaabi (onlayn) ochib berdi va u iqlim o‘zgarishi va yer degradatsiyasi oqibatlarini bartaraf etish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhimligini ta’kidladi.

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiyalar markazi direktori Baxitjon Habibullaev loyihaning muhimligini ta’kidlab, mazkur tashabbusni amalga oshirishda xorijlik hamkorlar bilan yaqin aloqada ekanligi, shuningdek, Orolbo‘yining og‘ir sharoitiga maxsus moslashtirilgan xorijiy o‘simlik navlaridan foydalanishni ta’kidladi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilar degradatsiyaga uchragan tuproqlarni tiklashning zamonaviy usullari, suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish va resurslarni samarali boshqarish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lib, ko‘paytirish uchun 12 turdagi sinovdan o‘tgan ekinlar urug‘ini oldi. Asosiy e’tibor qishloq xo’jaligini o’zgaruvchan iqlim sharoitlariga moslashtirishga qaratildi, bu esa uzoq muddatda Qoraqalpog’istondagi ekologik va iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

.

Полезные ссылки

О‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo’yi xalqaro innovatsiya markazi

Адрес: ССГ Саманбай, Нукус 230100, Республика Каракалпакстан, Узбекистан

Телефон: +998 (61) 225-74-56

Эл. почта: info@iic-aralsea.uz, iic-aralsea@exat.uz

Режим работы: Понедельник-Пятница, с 09:00 до 18:00

Открыть в яндекс.карты