2023-yilning 13–17-noyabr kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li» kongress-xollda BMT Konvensiyasi (CRIC 21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Shimoliy O‘rtayer dengizi, Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha ishtirokchi davlatlar o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkaziladi. CRIC 21 davomida tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasining (UNCCD) 2018–2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiya asoslarining strategik maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishini va maqsadli tavsiyalar berish maqsadida uning borishini ko‘rib chiqadilar. Shuningdek, konferensiyada yerning degradatsiyasiga betaraflik (LDN) maqsadlarini belgilash borasida ixtiyoriy sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq tadbirlar va strategiya Global mexanizm va tegishli hamkorlar, shu jumladan, LDN jamg’armasi ko’magida qay tarzda amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, qurg’oqchilikni samarali boshqarish siyosati va uni amalga oshirish bo’yicha hukumatlararo ishchi guruhi CRIC21 doirasida o’z taraqqiyot hisobotini taqdim etadi. Shuningdek, 7/COP15 qaroriga (I-ilova) muvofiq, 2018–2030-yillarga mo‘ljallangan UNCCD Strategik asosini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni belgilab olish va mustaqil baholashni ta’minlash maqsadida qo‘shma maslahatlashuv o‘tkaziladi. Tomonlar so‘rovlariga muvofiq sessiya Tomonlar va ularning hamkorlari o‘rtasida interaktiv fikr almashishga yordam beradi. Yuqori darajadagi tadbir O‘zbekiston hukumati tomonidan CRIC 21 homiyligida tashkil etiladi. Konferensiyada qatnashish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting: www.unccd.int/cric-21-online-registration
Источник информации: www.eco.gov.uz