Dengiz chekinsada inson chekinmaydi

O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturida Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatni yaxshilash, boshqa ekologik noqulay hududlarda atrof muhitni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini saqlash, ekologik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan innavatsion g‘oya va texnologiyalarni, dastur va loyihalarni  qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Orol dengizining qurigan tubida yashil qoplamalar barpo etish bo‘yicha yirik loyiha muvaffaqiyatli davom ettirib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar aynan dengizning qurigan tubidagi 1 million 700 ming gektardan ortiq maydonda yashil qoplamalar barpo etilgan. Joriy yilda ham ushbu yirik loyihani samarali davom ettirish maqsadida 100 ming gektar maydonda yashil qoplamalarni barpo etish rejalashtirilgan. Xabar berganimizdek, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Tabiat resurslari vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida ana shu yirik loyihaning 2023-yilgi mavsumiga start berildi. Bu yilgi mavsum uchun 350 tonnadan ziyod urug‘lar, 20 million donadan ortiq ko‘chatlar jamg‘arilgan va bu ishlarni amalga oshirish uchun O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan 50 ziyod texnikalar, Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus xodimlari jalb etilgan.

Полезные ссылки

О‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo’yi xalqaro innovatsiya markazi

Адрес: ССГ Саманбай, Нукус 230100, Республика Каракалпакстан, Узбекистан

Телефон: +998 (61) 225-74-56

Эл. почта: info@iic-aralsea.uz, iic-aralsea@exat.uz

Режим работы: Понедельник-Пятница, с 09:00 до 18:00

Открыть в яндекс.карты